Test savollari osonlashtiriladi

Xalqaro press klub sessiyasida testlarning oson va murakkabligi xususida berilgan savolga DTM rahbari Majid Karimov javob berdi,  deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

— Testlar 4 xil turda — sodda savollar, o`rtacha oson savollar, murakkabroq savollar va yuqori murakkablik darajasida belgilanar edi.  Endilikda sodda savollar — 12 ta, o`rtacha oson savollar — 12 ta, murakkabroq (3-darajali) savollar soni — 6 ta bo`ldi.

 Yuqori murakkablik darajasidagi savollar endi yo`q. Ikki yildan beri juda murakkab savollar, ya`ni olimpiada ishtirokchilari uchun qo`yiladigan savollar butunlay olib tashlangan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring