Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun ochildi

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘li qordan tozalanib, transport vositalari harakati uchun ochildi.

«Barcha haydovchilardan yetarlicha past tezlikda, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz», – deyiladi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabarida.

Ma’lumot uchun, 6–7 fevral kunlari O‘zbekistonning aksar hududlarida qor yog‘moqda. Taxtaqoracha dovoni 6 fevral kuni yog‘gan qor tufayli vaqtincha yopilgandi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring