Tatyana Karimova koronavirusga chalingani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq birinchi xonim Tatyana Karimova koronavirusga chalingani haqida xabarlar tarqaldi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Gap-so‘zlarning asosli yoki aksincha ekanini bilish uchun Qalampir nashri Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi bilan bog‘landi. Tatyana Akbarovna Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi va fond vasiylik kengashi a’zosi hisoblanadi.

Jamg‘arma vakilining so‘zlariga ko‘ra, Tatyana Akbarovnaning salomatligi joyida. Uning koronavirusga chalingani haqidagi xabarlar asossiz.

“Tatyana Karimova bugungi kunda Birinchi Prezidentimiz nomlarini abadiylashtirishga aloqador ishlar bilan bandlar. Karantin davrida ishni masofadan olib boryaptilar”, deydi yodgorlik majmuasi vakili.

Ma’lum bo‘lishicha, 71 yoshli Tatyana Karimova hozirda Toshkentdagi uyida yashayapti. Fond yoki majmua bilan aloqador muhim ishlar bo‘lsa, Tatyana Karimova bilan uchrashish imkoniyati ham bor.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring