Tadbirkorlikdan chiqqan hokim qachon shakar narxi 4 000 so`m, yog` narxi 9 000 so`m bo`lishini ma`lum qildi

Farg`ona viloyatining Toshloq tumani hokimligida tumanda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini ko`paytirish chora-tadbirlariga bag`ishlangan sessiya bo`lib o`tdi. "Darakchi" muxbirining xabariga ko`ra, tumanda tez orada shakar va paxta yog`i narxlari sezilarli darajada tushishi kutilmoqda. 

"Ukrainadagi favqulodda va muxtor elchimiz Ukrainada joylashgan shakar ishlab chiqarish korxonasi bilan aloqa bog`lab berdi va biz ular bilan hamkorlikni boshladik. Agar mamlakatimizga import qilishni to`g`ri yo`lga qo`ysak, ushbu import shakarning 1 kg.ini 4 000 so`mdan sotilishiga erishishimiz mumkin va bunga so`z beramiz",- deydi Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Jo`raboev. 

Uning ta`kidlashicha, Toshloq tumanida paxta to`qimachilik klasteri faoliyat yuritayotgan bo`lib, u erda ishlab chiqarilgan yog` mahsulotlari sotuvga chiqishi bilan paxta yog`ining narxi ham 9 000 so`mga tushishi kutilmoqda. 

Bunga qachon va qanday erishiladi? 

Hozirda Ukraina shakar ishlab chiqaruvchi korxonasi bilan ikki taraflama kelishuv va shartnomalar tuzilgan. Pul ham o`tkazilmoqda. Mahsulot tez orada yuk mashinalari orqali yurtimizga etib keladi. Yog` masalasida esa viloyat hokimiga o`z taklifimni berganman. Agar taklifim viloyat hokimi tomonidan ma`qullanadigan bo`lsa, tumanimiz bozorlarida paxta yog`i narxining tushishini ta`minlagan bo`lamiz. Ya`ni paxta to`qimachilik klasterimizda ishlab chiqariladigan yog` mahsulotlarini birjada sotadigan bo`lsak, u kimoshdi savdosiga aylanib ketadi va narxlar yog`larni ulgurji miqdorda harid qiluvchi tadbirkorlar tomonidan oshib ketishiga sabab bo`ladi. Agar biz klasterda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni birjasiz, to`g`ridan-to`g`ri sotadigan bo`lsak, Toshloq tumanida paxta yog`i narxining 9 000 so`mga tushishiga erishishimiz mumkin. Shuning uchun bu taklifimiz ham ma`qullanadigan bo`lsa, ishonch bilan aytishim mumkinki, Toshloq tumanida 10 kun ichida yuqoridagi mahsulotlar narxlari va`da qilingan miqdorda belgilanib, sotilishni boshlaydi. 

Hokimlik faoliyatiga qadar tadbirkorlik bilan shug`ullangan Abdujabbor Jo`raboev go`sht narxining barqarorligini ta`minlash masalasida ham o`z taklifini berarkan, "o`rtakashlarsiz", chorva mahsulotlarini bozorga to`g`ridan-to`g`ri etkazib berish orqali go`sht narxining keskin oshib ketishini jilovlash mumkinligiga qat`iy ishonch bildirdi. 

Sardorbek Rahmonqulov

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


2 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 21-10-2020 cayot

    Yahshi ishni planini qibsila silaga omad iloyim charchamela

    Javob yozish
  2. 21-10-2020 Kamron

    Yaxshi fikr shakar mavzusi qolganlarini amalga oshirish qiyn masalayov bunday taklif bilan lekin omad 👍👍👍👍

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish