BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foizga pasaytirildi

Koronavirus pandemiyasi davrida global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi,  deb yozmoqda "review.uz" nashri.

“Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–652-son, 01.12.2020 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

“2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra:

➖ qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqni ko‘paytirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmlari bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yil uchun belgilangan stavkalardan 50 foizga pasaytirildi;

➖ 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotini chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im to‘lashdan ozod qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, soliq to‘lovchilarga ayrim hollarda soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha foizsiz kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

2021 yildan avtomobil yoqilg`isi narxlarining oshishi haqidagi xabarlarga «O`zbekneftgaz» izoh berdi Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yildan avtomobil yoqilg`isining narxlarinig oshishi to`g`risidagi mavzu dolzarb va muhokamaga sabab bo`lmoqda. «O`zbekneftgaz» AJning ushbu xabarlarga rasmiy munosabati tashkilot Matbuot xizmati tomonidan "darakchi.uz"ga taqdim etildi.  Izoh sifatida ma`lum qilinishicha, avtomobillarga yonilg`i quyish shoxobchasida (AYoQSh) avtomobil va dizel yoqilg`isining chakana narxi erkin shakllanib, unga birja savdolari orqali xarid qilingan ulgurji narx, AYoQSh ning sotish bilan bog`liq xarajatlari va foydasi hamda amaldagi qonunchilikda ko`rsatilgan soliq va boshqa majburiy to`lovlar ta`sir ko`rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda www.mf.uz sayti chop etgan ma`lumotlariga asoslanib avtomobil va dizel yoqilg`isiga to`lanadigan aksiz solig`ining 2021 yil 1 fevraldan oshishi to`g`risidagi soliq qodeksiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish bo`yicha qonun loyihasi muhokamaga qo`yilganligini ko`rsa bo`ladi. Ushbu qonun loyihasiga ko`ra qo`yidagi neft maxsulotlariga va yakuniy iste`molchigasotiluvchi tovarlarga solinadigan aksiz solig`i stavkalariga o`zgartirish va qo`shimcha kiritilishi ko`zda tutilmoqda: Neft maxsulotlari: 1 tonna Ai-80 benzini: amalda – 200.000 so`m, taklif – 240.000 so`m; 1 tonna Ai-80, Ai-92, Ai-93 va Ai-95 benzini: amalda – 250.000 so`m, taklif – 275.000 so`m; 1 tonna dizel yoqilg`isi: amalda – 200.000 so`m, taklif – 240.000 so`m; 1 tonna EKO dizel yoqilg`isi: amalda – 180.000 so`m, taklif – 216.000 so`m Yakuniy iste`molchiga sotiluvchi tovarlarga solinadigan aksiz solig`i: 1 tonna benzin: amalda – 378.480 so`m, taklif – 465.530 so`m; 1 tonna dizel yoqilg`isi: amalda – 346.275 so`m, taklif – 425.918 so`m. Yuqoridagi o`zgarishlar respublikada ommabop bo`lgan Ai-80 benzini misolida 1 tonnasi 127.050 so`mga (QQS ni hisobga olganda 146.108 so`mga) yoki 1 litri 95 so`mga (QQS ni hisobga olganda 110 so`mga) oshishi mumkin. Bundan tashqari, avtomobillarni gaz bilan to`ldirish kompressor stansiyalari uchun gaz “O`ztransgaz” AJ va “Hududgazta`minot” AJ tomonidan etkazib beriladi, deyilgan xabarda.  Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring