Surxondaryodagi kanaldan 27 yoshli yigitning jasadi topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumani, “Jannatmakon” mahallasida yashovchi fuqaro I.Berdiyevning farzandi o‘limi bilan bog‘liq tarqalgan video murojaati yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi ma’lumot berdi.

Oltinsoy tuman IIB navbatchilik qismining 10.08.2022 yildagi xabariga ko‘ra, soat 08:00 larda tuman hududidan oqib o‘tuvchi “Hazarbog‘” kanali irmog‘idan Sariosiyo tumani, “Jannatmakon” mahallasida yashagan (1995 y.t) Ibodullayev Akbarjon Ilhom o‘g‘lining jasadi topilgan.

RSTEIAM Oltinsoy tuman punktining 07.09.2022 yildagi 22-sonli xulosasida ko‘rsatilgan ichki tekshiruv natijalarida marxumning ichki a’zolaridagi o‘zgarishlar nafas yetishmovchiligi natijasida vafot etganligi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan bo‘lsa-da, ekspert xulosasining bayonot qismi bilan xulosa qismida nomutanosib holati kuzatilgani sababli marhumning jasadi sud ajrimi asosida 09.09.2022 yilda eksgumasiya qilinib, komission sud tibbiyot ekspertizadan o‘tkazilgan.

Реклама на Unews

12.09.2022 yildagi 426-sonli va 14.10.2022 yildagi 84-qo‘shimcha komission sud tibbiyot ekspertiza xulosalarida, A.Ibodullayevning o‘limi yuqori nafas yo‘llari burin, og‘iz bo‘shlig‘ining suyuqlik bilan (suv) berkitilishidan vujudga kelgan mexanik asfiksiya natijasida kelib chiqqani, badanida aniqlangan shilinmalar va jarohatlar xususiyati bo‘yicha uning o‘limidan so‘ng kanal bo‘ylab oqishi jarayonida notekis chegaralangan yuzaki jismlarga urilishi natijasida yuzaga kelgani, uning badanida qarshilik ko‘rsatish, urish, tepish, janjallashish natijasida kelib chiqqan tan jarohatlari aniqlanmagani, birlamchi xulosada o‘lim sababi cho‘kishning nafas yo‘llarini burun, og‘iz bo‘shlig‘ining suyuqlik (suv) bilan bekilishi natijasidagi spastik (nafas boylamalarining bekilib qolishi) dan vujudga kelgan mexanik asfiksiya oqibatida kelib chiqqani holati inobatga olinmagani sababli tafovvut kelib chiqqani ko‘rsatilgan.

Shuningdek, A.Ibodulllayevning o‘limi holati yuzasidan dastlabki ekspertiza tekshiruvi yuzasidan xulosa berishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun Sud-tibbiy ekspert O‘.Bo‘tayarovga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, marhumning o‘limida biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli 17.10.2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring