Surxondaryoda uch nafar ayol tilla do‘konini o‘marib ketdi

Surxondaryoda uch nafar ayol tilla do‘konini o‘marib ketdi. Bu haqda huquq tartibot organlari xabar qildi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Ma'lum bo‘lishicha, hodisa Denov tumanida shu yil 20 sentabr kuni sodir bo‘lgan. O‘sha kuni 39 yoshli ayolga tegishli tilla do‘konidan 30 ming dollarlik qimmatbaho taqinchoqlar yo‘qolgan. Keyinchalik ayol kerakli organlarga murojaat qilgach, ushbu jinoyatni sodir etganlar aniqlangan.

Kuzatuv kamerasi yordamida o‘sha kuni uch nafar ayol bir vaqtda qo‘lida narsa bilan do‘kondan chiqib ketgani ma'lum bo‘lgan. Ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan va jinoyatni 19 yoshli X.D., 28 N.SH. va 52 yoshli O.R.lar sodir etgani aniqlangan.

Ularga nisbatan JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Do‘konga keltirilgan zarar to‘liq qoplangan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring