Surxondaryoda to‘xtash taqiqlangan joyda mashinasini qoldirgan 2 nafar IIB xodimi jarimaga tortildi — video

Surxondaryo viloyatida to‘xtash taqiqlangan joyda qoldirilgan Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli «Lacetti» hamda «Captiva» avtomashinalariga jarima belgilandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi

Ta’kidlanishicha, YHXBB axborot xizmati 24 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqda «Kun fotosi: 75 003 VSF, 75 007 VSF! Qonun faqat oddiy fuqaroga ishlaydi, ijro etuvchilarga ta’sir qilmaydi» sarlavhasi ostidagi tarqalgan videoga munosabat bildirgan.

Mavzuga doir: Yo‘l harakati qoidalarini buzgan videosini TikTokʼga joylagan Olmaliq hokimining o‘g‘li jarimaga tortildi

Boshqarma xabariga ko‘ra, videolavha o‘rganilgan va «Lacetti» hamda «Captiva» haydovchilariga nisbatan yo‘l harakati qoidasining 91-bandi talablarini buzganlik bo‘yicha belgilangan tartibda chora ko‘rilgan. Telegram kanaliga yuklangan xabar ostiga ikkala haydovchiga nisbatan rasmiylashtirilgan bayonnoma suratlari ilova qilingan.

Реклама на Unews

«Barcha haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini so‘raymiz. Jamoatchilik nazorati rivojlanishida o‘z hissasini qo‘shib borayotgan fuqarolarga minnatdorlik bildiramiz», — deyiladi YHXBB axborot xizmatining xabarida.

Avvalroq Buxoroda 8 marta yo‘l harakati qoidasini buzgan haydovchi jarimaga tortilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Toshkentda haydovchi 36 marta qoidabuzarlik sodir etgani uchun salkam 36 mln so‘m jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan.
 
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring