Surxondaryoda sug`oriladigan erlarni turar-joy uchun sotib yuborgan fermer qo`lga tushdi

Fermer xo`jaligiga tegishli dala er maydonini soxta hujjatlar orqali o`zlashtirish holati aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Departamentning Uzun tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgan. Ma`lum bo`lishicha, “O.” fermer xo`jaligi rahbari b.O. davlat kadastrlar palatasi tuman filiali muhandisi U.Sh. orqali xo`jalikning 18 sotix sug`oriladigan er maydoni uchun soxta kadastr hujjatlarini rasmiylashtirgan va 3 nafar fuqaroga turarjoy sifatida sotgan. Shundan so`ng er maydonida fuqarolar tomonidan uy-joy qurish uchun beton poydevorlari qurilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 229-6-moddasi (sug`oriladigan er uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo`lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o`zga shaxsga berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring