Surxondaryoda “Malibu” haydovchisi yo‘lda ketayotgan yuk mashinasini o‘qqa tutdi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yuk mashinasini pnevamatik to‘pponchasidan o‘qqa tutgan haydovchiga qarshi jinoiy ish ochildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 27 avgust kuni soat 16:34 atrofida tumanning Shifobuloq mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida ro‘y bergan. "Malibu" haydovchisi D.M. "KamAZ" yuk mashinasiga qarata to‘pponchadan 2 marta o‘q uzgan.

Hozirda to‘pponcha, 1 dona magazin va o‘qlar tekshirib ko‘rish uchun hujjatlashtirib olingan.
D.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring