Sud Trampga prokurorlarga moliyaviy holati haqidagi hisobotlarni oshkor qilishni buyurdi

AQSh Oliy sudi mamlakatning sobiq prezidenti Donald Trampni Nyu-York prokuraturasiga moliyaviy hisobotlarini taqdim etishni buyurdi. Bu haqda  “Wall Street Journal” xabar bermoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Ma’lum qilinishicha, tuman prokurori Sayrus Vens boshchiligidagi tergov gurhi ikki yildan beri Amerikaning sobiq rahbarining soliq deklarasiyalariga kirish huquqini olishga harakat qilgan. Ammo Tramp har doim ularga kirishni to‘sib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Dastlab sobiq prezident davlat rahbari sifatida jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emasligini ta’kidlagan. Oliy sud esa bunday dalillarni ishonarli emas deb hisoblagan, keyin siyosatchi soliq deklarasiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tergov uchun kerak emasligini aytgan.

Реклама на Unews

Tuman prokurori esa, aksincha, Tramp yoki uning ishchilari soliq buzilishida yoki sug‘urta firibgarligida ishtirok etgan, yo etmaganligini aniqlash unga hujjatlar zarurligini ta’kidlagan. 

Endilikda sobiq prezidentning moliyaviy hisobotlari bilan shug‘ullanadigan Fransiyaning "Mazars" yuridik firmasi prokuratura tomonidan 2011 yildan 2018 yilgachabo‘lgan soliq deklarasiyalari bo‘yicha talab qilinadigan ma’lumotlarni taqdim etishi kerak.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring