Sud hukmi ustidan apellyasiya shikoyatlarini berish muddatlari uzaytirilmoqda

Bu haqda AOKAda tashkil etilgan  matbuot anjumanida ma`lum qilindi:

Jinoyat-prosessual kodeksida birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan apellyasiya tartibida shikoyat berish muddati 10 kundan 20 kunga, fuqarolik, ma`muriy va iqtisodiy ishlar bo`yicha apellyasiya shikoyatlarini berish muddatlari 20 kundan 1 oyga qadar uzaytirilmoqda.

Bundan tashqari, apellyasiya tartibida shikoyat berishning o`tkazib yuborilgan muddatlarini tiklash asoslari kengaytirilmoqda. Xuddi shuningdek, kassasiya tartibida shikoyat berish muddatlari amaldagi 6 oydan farqli ravishda 1 yil etib belgilanmoqda.

Реклама на Unews

E`tiborlisi, tiklanishi mumkin bo`lgan muddatga chegara mavjud emas, taraflar har qancha muddat o`tganidan keyin ham o`tkazib yuborilgan muddatni tiklash to`g`risida sudga murojaat qilish huquqi saqlanib qolmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring