SOVID-19: Ortiqcha vaznli bemorlar o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichi yuqori ekanligining sababi aniqlandi

AQShning Stenford universiteti olimlari SOVID-19 virusi ortiqcha vaznli insonlarda og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkinligini aniqladi.

Buning uchun 22 nafar bemordan olingan yog‘ to‘qimalari namunalariga SARS-CoV-2 virusi mavjud eritmalar laboratoriya sharoitida yuborildi. Yakunda infeksiya yog‘ hujayralariga samarali ta’sir ko‘rsatib, ularda ko‘payishi va keyin boshqa to‘qimalarga tarqalishi ma’lum bo‘ldi.

 

Shuningdek, yog‘ to‘qimasida immunitet hujayralari ham ko‘p uchraydi. Ular infeksiya yuqqan paytda faollashishi tufayli o‘sha joyda kuchli yallig‘lanish hosil bo‘ladi.

Реклама на Unews

Navbatdagi bosqichda virus qo‘shni hujayralarga uzatilib, asta-sekin butun organizm faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bu — nega semiz kishilar o‘rtasida koronavirusdan o‘lim xavfi 10 baravar yuqori ekanligining ilmiy tasdig‘i. Chunki tanada yog‘ miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, yallig‘lanish ehtimoli shuncha baland bo‘ladi.

Bundan tashqari, olimlar, SOVID-19 oqibatida hayotdan ko‘z yumgan bemorlar yurak sohasi, ichak, buyrak va oshqozon osti bezi atrofidagi yog‘ to‘qimalarida koronavirus mavjud bo‘lganini aniqladi.

Tadqiqotchilar fikricha, yog‘ to‘qimasi virus uchun rezervuar vazifasini o‘taydi va bunday muhitda bemor tuzalgandan so‘ng ham virus saqlanib qolishi mumkin.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring