Sog`liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi!

"Niqobsiz yurish — pandemiya yana avj olishiga sabab bo`lishi mumkin, deya ogohlantiradi O`zbekiston sog`liqni saqlash vazirligi.

"Dunyoda infeksiya tarqalishi hanuz xavfli darajada turgan bo`lsa-da, O`zbekistonda kasallik nisbatan jilovlandi, deya olamiz. So`nggi oylar mobaynida yurtimizda infeksiya tarqalishining biroz barqarorlashishi sababli koronavirusga moslashtirilgan 159 ta muassasadan 107 tasi o`z yo`nalishi bo`yicha odatiy faoliyatini boshlab yubordi, 23 tasi esa konservasiya qilindi.  

Ammo bu "endi bizda koronavirus xavfi yo`q", deyishga asos bo`lmaydi. Ayni paytda yurtimizdagi COVID-19 shifoxonalarida kasallikni ayrim simptomlari mavjud bo`lib, gumon qilingan, pnevmoniyaga chalingan yoki unga ham gumon qilingan bemorlardan tashqari 2 ming nafardan ortiq koronavirusdan davolanayotganlarni ham  unutmasligimiz kerak", deyiladi vazirlikning ogohlantirish xabarida.

Реклама на Unews

Shuningdek, hozirda koronavirus xavfi chekingani vajidan ko`chalarda niqobsiz, sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilmay yurgan fuqarolar ko`p uchrayotgani qayd etildi. Vazirlik pandemiyaning mamlakatimizda yana avj olmasligi, eng avvalo, o`zimizga bog`liq ekanini eslatib o`tgan va barchadan koronavirus xavfining oldini olishda shaxsiy javobgarlik his qilishini, tibbiy niqoblardan sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishni bir zum ham unutmaslikni so`ragan. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 13-12-2020 Aziz

    albatta niqob taqishni unutmaslik kerak.

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish