Sobiq Prezidentga tegishli qasr sotuvga qo‘yildi

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp nomiga ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya Florida shtatidagi okeanbo‘yida joylashgan qasrni 49 million dollarga sotuvga qo‘ydi. Bu haqda "The New York Post" xabar bergan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Uy Palm-Bich kurort shahrida joylashgan. Ko‘chmas mulk Trampning o‘zi hozir oilasi bilan yashaydigan Mar-a-Lago qarorgohiga yaqin. 

Qayd etilishicha, qasrning kelajakdagi egasi sobiq Prezidentning golf klubiga to‘liq a’zolik huquqini oladi. 

Реклама на Unews

Ikki qavatli qasr taxminan 3 ming 185 kvadrat metrni tashkil etadi, unda sakkizta yotoqxona, to‘qqizta hammom, kutubxona, mehmonxona va terrasa mavjud. 

Bino 1956 yilda qurilgan, ammo zamonaviy ta’mirdan chiqqan. 

Uyning asosiy xususiyati - okeanga qaragan panoramali terrasa va kimsasiz plyaj.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring