Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov shartli ravishda ozodlikka chiqarildi

OAVda mamlakat sobiq prokurori Rashid Qodirov ozodlikka chiqqani haqida xabarlar tarqaldi.

Qayd etilishicha, 2019 yil 26 iyun kuni 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan O`zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov bundan bir necha kun avval shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan.

2000-2015 yillarda O`zbekistonning bosh prokurori lavozimida faoliyat ko`rsatib kelgan Rashid Qodirov pora berishga dalolat qilish, firibgarlik, soliqlar yoki boshqa majburiy to`lovlarni to`lashdan bo`yin tovlash, tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi bir qator og`ir va o`ta og`ir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgandi.

Реклама на Unews

 

Eslatib o`tamiz, Respublika Bosh prokurori lavozimida 15 yil ishlagan Rashid Qodirov 2015 yil aprel oyida ishdan bo`shatilgan. Qodirov ilk bor 2018 yilning 22 fevral kuni hibsga olingan. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring