"Sirdaryo" YPX maskaniga og`ir oqibatli YTHga uchragan avtomobil qo`yib qo`yildi (foto)

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB ning 2020 yil 19 avgust kunidagi 24/2-17921-sonli ko`rsatmasining 6 bandiga asosan Sirdaryo viloyati hududidan o`tgan M-39 avtomobil yo`lining 871 km.da joylashgan "Sirdaryo" YPX maskani Toshkent viloyatidan kirib kelish qismiga haydovchilarni hushyorlikka chorlash maqsadida og`ir oqibatli YTHga uchragan transport vositasi joylashtirildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi,  deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Реклама на Unews

Shu bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB rahbariyatining ko`rsatmasiga asosan ushbu Sirdaryo YPX maskanida xizmat o`tayotgan xodimlar xizmatini shaffof tashkil etishlarini doimiy ravishda nazorat qilish maqsadida Akfa profildan yasalgan "budka"lar olib tashlandi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring