Sirdaryo viloyatiga kiruvchi va chiquvchi yuk mashinalari haydovchilari ogohlantirilmoqda

Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o`tgan xalqaro ahamiyatdagi M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo`lining 90-kilometri, “Sho`ro`zak” kollektori ustida joylashgan temir-beton ko`prikning yuk ko`tarish qobiliyati pasayib, ta`mirtalab holga kelib qolgani uchun Sirdaryo viloyatiga kiruvchi va chiquvchi yuk avtotransport vositalarining ushbu ko`prik orqali harakati vaqtincha taqiqlandi. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

 “Toshkent-Jizzax” yo`nalishi bo`yicha vaqtincha viloyat hududiga kirib kelayotgan yuk tashuvchi avtotransport vositalarining qatnovi xalqaro ahamiyatdagi M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo`lining 70-83 kilometri, mahalliy ahamiyatdagi 4K-643 “Sirdaryo sh-Malik q-Baxt sh” avtomobil yo`lining 0-5 kilometri, 4K-642 “Sindorobod q-Safar ota q-Malik q-Baxt sh” avtomobil yo`lining 9-17 kilometri hamda M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo`lining 94-104 kilometri orqali, shuningdek, “Jizzax-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha A-373 “M-39 avtoyo`li-Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon va Andijon orqali-O`sh” avtomobil yo`lining 38-56 kilometri, davlat ahamiyatidagi 4R-25 “A-373 avtoyo`li-Sayhun q-Baxt sh-Qozog`iston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo`lining 24-33 kilometri, mahalliy ahamiyatdagi 4K-657a “Sayhunobod TYXPDFKga” avtomobil yo`lining 0-1 kilometri, 4K-657a “Sirdaryo DFXUga” avtomobil yo`lining 0-10 kilometri uchun davlat ahamiyatidagi 4R-26 “Sirdaryo sh-Dehqonobod q-Qiyot q-Bekobod sh” avtomobil yo`lining 8-18 kilometri hamda 4R-26a “M-39 avtoyo`liga (871 km) shaxobcha” avtomobil yo`lining 0-12 kilometrlari orqali harakat tashkil etilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 09-10-2020 Anonym

    Yengil mashinalarga cheklov yo'qmikan?

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish