Sirdaryo orqali harakatlanuvchi haydovchilar diqqatiga

Joriy yilning 1 may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv omborining to`g`oni buzilishi natijasida suv chiqib, ombor atrofidagi yaqin hududlar suv tagida qolib falokat ro`y berganidan xabaringiz bor.  Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Ushbu falokat sabab ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida qurilish va ta`mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Viloyat hududidan o`tgan xalqaro ahamiyatdagi A-373 “M39 yo`li-Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon va Andijon orqali O`sh” avtomobil yo`lining 0-37 kilometrlarida barcha turdagi transport vositalari uchun harakat vaqtincha cheklangan.

Shu sababli karantin davrida harakatlanishga ruxsat etilgan viloyatlararo qatnovchi transport vositalari uchun vaqtinchalik M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo`lining 104-152 kilometri va A-376 “Qo`qon-Jizzax” avtomobil yo`lining 219-242 kilometri orqali harakatlanish yo`lga qo`yilgan.

Реклама на Unews

Haydovchilar uchun ushbu yo`nalishni ko`rsatuvchi yo`l belgilari va ishoralar belgilangan joylarga o`rnatilgan.

Barcha haydovchilardan YPX xodimlari tomonidan berilgan ko`rsatmalarni bajargan holda, ushbu ishora va belgilarga amal qilib, M-34 “Toshkent-Dushanbe” va A-376 “Qo`qon-Jizzax” avtomobil yo`li orqali harakatlanishlarini so`rab qolamiz.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring