Sindorov muddatidan avval “Rustam Qosimjonov turniri” g‘olibiga aylandi

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha “Rustam Qosimjonov turniri” bahslari poyoniga yetib bormoqda. Musobaqaning 8-turiga kelib g‘olib aniq bo‘ldi.

7-turda qora donalarda Nodirbek Abdusattorovni mag‘lubiyatga uchratgan Javohir Sindorov 8-turda jahon chempioni Rustam Qosimjonov bilan durang o‘ynadi. Ushbu natijasi orqali Sindorov 6,5 ochko bilan musobaqada muddatidan avval g‘oliblikka erishdi.

Nodirbek Abdusattorov esa rossiyalik Aleksandr Grishukka yutqazib qo‘ydi. 

Реклама на Unews

“Challenger” guruhida esa serbiyalik Aleksandr Injich 6 ochko bilan yetakchilikni qo‘lga oldi. 6-turda hindistonlik Vahap Sanalga imkoniyatni boy bergan o‘zbekistonlik Ortiq Nig‘matov 5,5 ochko bilan jadvalda 2-pog‘onaga tushib qoldi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring