Shuhrat G‘aniyev Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga ma’qullandi

Deputatlar Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Shuhrat G‘aniyev nomzodini ma’qulladi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

«2020 yil 25 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Shuhrat G‘aniyev nomzodini ko‘rib chiqdilar.

Xalq vakillari tomonidan Shuhrat G‘aniyev nomzodi ma’qullandi», deyiladi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabarida.

Реклама на Unews

Nomzod deputatlar tomonidan ma’qullangach, prezidentning lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi qarori bilan rasman hukumat a’zosiga aylanishi mumkin.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring