Shuhrat G`anievning matbuot kotibi ham lavozimini tark etdi. U pnevmoniyadan davolanmoqda

Muhammadjon Obidov o`zining “Feysbuk”dagi sahifasida shifoxonada davolanayotgani haqida yozdi: “Ollohning sinovi ekan, 17 sentyabrdan buyon pnevmoniya kasalligi bilan shifoxonadaman. Bir oz jiddiyroq keldi. O`pkaning 45 foizi shikastlangan. Shuhrat G`anievni kuzatish, Xayrullo Bozorovni tayinlash marosimida ham ishtirok etolmadim. Vrachlar yaxshi qarashyapti. Ammo o`zgarish juda sust.

Hokimlikning Axborot xizmatini bir kun ham egasiz qoldirib bo`lmaydi. Qolaversa, yangi hokim ish boshladi. Shuning uchun bugun bir qarorga keldim: Farg`ona viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbarligiga iste`fo berdim. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan ilgari ham, hozir ham uchrashmaganman. Shunday bo`lsada kasalligimni inobatga olib, avval tuzalib chiqsin, yoki telefonda bir so`zlashay demasdan iste`foimni qabul qilibdilar. Xursand bo`ldim.”

Muhammadjon Obidov Farg`ona viloyati hokimi Shuhrat G`aniev bilan astoydil, fidoyilik va sadoqat bilan ishlaganini ta`kidlagan. U tarmoq foydalanuvchilaridan iste`fosini boshqacha talqin qilmaslikni, qo`llaridan kelsa, duo qilishini so`ramoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring