Shoshilinch xabar: O`zbekistonga sovuq oqim kirib kelmoqda

Joriy yilning 15-16 yanvar kunlari O`zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo`yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelmoqda.

"O`zgidromet" xabar berishicha, 15-16 yanvarda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha;
  • Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
  • 18 yanvarda Surxandaryo, Farg`ona, Namangan, Andijon viloyatlarida xam shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
  • 15-18 yanvarda respublika bo`yicha vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, tog`li hududlarda yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda yong`ingarchilik kuchli bo`ladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring