Shohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Professional boksning super yengil vazn toifasida (63,5 kg) faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shohjahon Ergashev (21-0, 19KO) AQShga jo‘nab ketib mashg‘ulotlar olib borayotgan edi.

Uning navbatdagi jangi 26 may kuni Michigan shtatida joylashgan «Ford Community Center» arenasida bo‘lib o‘tadi.

8 raund etib belgilangan bahsda unga Burkina Faso vakili Issyf Kinda (18-5, 7KO) raqiblik qiladi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev o‘zining so‘nggi jangidan keyin kutilmagan bayonot bilan chiqib, boksdan ketganini e’lon qilgandi. Ammo ko‘p vaqt o‘tmay, u yana ringga qaytdi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring