Sheroboddagi masjidda 46 yoshli fuqaro masjid kotibini pichoqladi. Jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilayotganida vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi jome masjidida qotillik yuz berganligi haqida xabar tarqalgan. Xabarda tumandagi mahallalardan birining imom vakili masjid hisobchisini pichoqlagani aytilgan. Bosh prokuratura axborot xizmati mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.    

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, 22 dekabr kuni soat 09:30 da Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan jome masjidi binosi ichida 1974 yilda tug‘ilgan ishsiz fuqaro M.Sh. shu masjidning kotibi Sh.G. bilan o‘zaro janjallashib, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan unga tan jarohati yetkazgan.

Jabrlanuvchi Sh.G. olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonaga olib ketilayotganida vafot etgan.

Реклама на Unews

Mazkur holat yuzasidan M.Sh.ga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u protsessual tartibda ushlangan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring