Shavkat Mirziyoyev “Afsonalar vodiysi”da xalq bilan muloqot qildi

Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bog‘i hududi 155 gektar. Mazkur dam olish maskanida 123 million dollarga teng loyiha amalga oshirilmoqda, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi doirasida ushbu istirohat bog‘ida bajarilgan ishlar bilan tanishdi, dam oluvchilar bilan muloqot qildi.                   

Ayni paytda 16 turdagi attraksionli tematik park, 2400 o‘rinli amfiteatr, 7 xil suv attraksionlari va 16 ta basseynli akvapark, 2 ta zamonaviy sharshara va musiqali favvora, 3 ta restoran, 1800 o‘rinli 2 ta avtoturargoh tashkil etilgan. 2022 yil mart oyiga qadar milliy hunarmandlar markazi, masjid, 400 o‘rinli mehmonxona, 110 ta villani ishga tushirish rejalashtirilgan.

Реклама на Unews

1 ming 500 ta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan bu maskanda bugungi kunda 600 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritmoqda.

- Ikki yil oldin mana shu bog‘ loyihasi bilan tanishib, unga “Afsonalar vodiysi” deb nom berishni taklif qilgandim. Nomiga munosib  bo‘libdi. Mamlakatimizda bu kabi zamonaviy dam olish maskanlarini hali ko‘plab barpo etamiz, - dedi prezident.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring