Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni Oliy Majlisga murojaatnoma yoʻllaydi

Murojaatnoma 15 ta telekanalda jonli efirda, prezidentning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida onlayn yoritib boriladi, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

  Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga navbatdagi murojaatnomasi 29 dekabr kuni boʻladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Prezident murojaatnomasi 29 dekabr kuni soat 11:00 da boshlanadi. Unda joriy yilda erishilgan natijalar, “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida bajarilgan ishlar aytib oʻtiladi. Kelgusi yilga nom berilib, mamlakatni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yoʻnalishlar belgilanadi.

Реклама на Unews

Davlat rahbari bu gal ham koʻplab takliflarni bildirishi kutilmoqda.

Ushbu nufuzli anjuman poytaxtdagi Xalqaro kongress markazida boʻlib oʻtadi. Unda Senat aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

Murojaatnoma 15 ta telekanalda jonli efirda, prezidentning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida onlayn yoritib boriladi. 

Реклама на Unews

Prezidentning oʻtgan yilgi murojaatnomasi 24 yanvar kuni boʻlib oʻtgan edi.


Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring