Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin bo`lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildilar

Bugun, 30 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki mamlakat o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.

Joriy yilning dekabr oyida videoanjuman shaklida o`tkazilishi rejalashtirilgan davlatimiz raisligidagi MDH sammitiga tayyorgarlik ko`rish masalasiga alohida e`tibor qaratildi.

Реклама на Unews

O`zbekiston va Rossiya Prezidentlari koronavirus pandemiyasining tarqalishi oqibatida kelib chiqqan global inqiroz sharoitida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror sur`at bilan rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Xususan, o`zaro tashriflar faol amalga oshirilmoqda, Hukumatlararo qo`shma komissiya va boshqa hamkorlik mexanizmlari unumli ishlayapti, o`zaro savdo hajmlari ortib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperasiyasi bo`yicha ustuvor loyihalar hamda gumanitar almashinuv dasturlari davom ettirilmoqda.

Prezidentlar xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, bo`lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Реклама на Unews

Suhbat har doimgidek samimiy, do`stona va konstruktiv ruhda o`tdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring