Shavkat Mirziyoev Qozog`iston xalqi va Prezidentiga ta`ziya yo`lladi

Avval xabar qilganimizdek, bugun, Qozog`istonda motam kuni deb e`lon qilindi. Qo`shni mamlakat boshiga tushgan fojia munosabati bilan O`zbekiston Prezideti Shavkat Mirziyoev Qozohiston xaliq va Prezidentiga ta`ziya yo`lladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar qilmoqa. 

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston prezidentining maktubida qardosh Qozog`iston hududidagi fojiali voqealar va ularning natijasida ko`plab harbiylar va aholi vakillari nobud bo`lgani hamda og`ir jarohatlar olgani, ko`rilgan katta talofatlar munosabati bilan Prezident Qasim-Jomart Toqaevga va do`st Qozog`iston xalqiga chuqur ta`ziya izhor etilgan.  

Davlat rahbari Vatan osoyishtaligi va mamlakat xalqining himoyasi yo`lida qurbon bo`lgan fidoyi farzandlarning oila a`zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini tilagan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring