Shahzoda Charlz koronavirusga qarshi emlandi

Britaniya qirolichasi Yelizavetaning katta o‘g‘li shahzoda Charlz koronavirusga qarshi emlandi, deya xabar berdi shahzodaning idorasi. Shahzoda Charlz o‘tgan yili koronavirusga chalingan va undan tuzalgandi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

72 yoshli Charlz va uning 73 yoshli rafiqasi Kamilla koronavirus vaksinasini qabul qilib olishdi. Chunki Britaniya sog‘liqni saqlash rasmiylari 70 yoshdan oshganlarni virusga qarshi vaksina bilan emlanishga chaqirgan. Bundan oldin 94 yoshli Yelizaveta ikkinchi va uning eri ham COVID-19 ga qarshi emlangandi.

Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi ommaviy emlashni boshlagan mamlakat hisoblanib, hozirgacha bu mamlakatda aholining 12.5 milliontasi vaksinani qabul qilib olgan. Britaniyada AstraZeneca va Pfizer vaksinalaridan foydalanilmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring