"Shahrisabz yulduzi" mehmonxonasi 6,6 mlrd. so‘mga sotildi

E-ijro Auksion portalida "Shahrisabz yulduzi" mehmonxonasining kim oshdi savdosi yakunlandi. Boshlang‘ich narxi 6,5 milliard so‘m bo‘lgan mehmonxona 6,6 milliard so‘m taklif etgan "ASADBEK - KESh" MChJga sotildi. Kompaniya yagona talabgor edi, shuning uchun savdolar atigi 10 daqiqa davom etdi. Bu haqida "Sof.uz" nashri xabar bermoqda.

"Shahrisabz yulduzi" 2019 yil yanvarida sotuvga qo‘yilgan edi. O‘shanda mehmonxonaning boshlang‘ich narxi 13 milliard so‘m qilib belgilangan.

"Shahrisabz yulduzi" - Shahrisabz shahridagi uch yulduzli mehmonxona. 2010 yilda qurilgan. Umumiy maydoni - 9330 m². O‘rnatilgan maydoni - 1661 m². 2018 yil 1 oktyabr holatiga sof daromadi 569 mln. so‘mni tashkil etdi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring