“Sevimli” telekanalining jurnalist va tasvirchisiga kuch ishlatilganlar ustidan dastlabki tergov harakatlari boshlandi

Avval xabar qilinganidek, internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 11 iyun kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida U-23 Osiyo kubogi chorak finali doirasida O`zbekiston – Iroq o`yinlarini yoritishga borgan O`zMMAga a`zo "Sevimli" telekanalining muxbiri va tasvirchisiga  Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan kuch ishlatilgani haqida ma`lumotlar tarqaldi.  

 

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi holat yuzasidan Bosh prokuratura, Milliy gvardiya va IIVga so`rov yuborganini  ma`lum qilgan edi. 

 

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, jurnalistlar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o`rtasida kelib chiqqan holat o`rganilgan.

Реклама на Unews

 

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Ta`kidlanishicha, tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan alohida nazorat o`rnatilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring