Sergeli va Olmazor tumanlarida gaz vaqtincha o‘chiriladi

«Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Sergeli va Olmazor tumanlarining gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli ayrim manzilgohlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Sergeli tumanida soat 10:00dan 16:00 gacha:

- «Daryo bo‘yi» MFYda;

Olmazor tumanida soat 11:00dan 16:00gacha

Реклама на Unews

- Chimboy MFYda,
- Ziyo MFYda.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

«Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring