Sergeli tumanida 2,5 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I-A” MCHJ rahbari va boshqalar bank filialidan ehtiyot qismlarni sotib olib, savdo faoliyatini kengaytirish uchun ajratilgan 2,5 mlrd so‘m imtiyozli kredit evaziga “I.T.” MCHJ tomonidan ehtiyot qismlar yetkazib berilmagan bo‘lsa-da, go‘yoki ehtiyot qismlar yetkazib berilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali ushbu kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring