Sentyabr oyida ham magnit bo`ronlari kutilmoqda

Xususan, AQSh Milliy okeanografiya va atmosfera agentligining Kosmik ob-havoni tadqiq qilish markazi ma`lumotlariga ko`ra, 11-25 sentyabr kunlari kuchsiz magnit bo`ronlari kutiladi.

Shu yilning 5 sentyabr kuni Erni kuchsiz magnit bo`roni qoplagan edi. 1 oktyabrda ham shu kabi holat kuzatilishi mumkin. Olimlarning fikricha, 10 sentyabrgacha quyoshdagi chaqnashlar faolligi past darajada saqlanib qoladi.

 

Ma`lumotlariga ko`ra, 10 sentyabrda sayyoramizni bir kunlik past intensivlikdagi magnit bo`roni qoplaydi, 13-16 sentyabr kunlari ham xuddi shunday hodisa kuzatiladi. 22 sentyabrda kichik geomagnit tebranishlar, 26 sentyabrda esa kuchli magnit bo`roni kutilmoqda.

Реклама на Unews

Mutaxassislar bunday paytlarda oddiy qoidalarga amal qilish kerakligini ta`kidlashmoqda: hazmi og`ir taomlarni iste`mol qilmaslik, spirtli ichimlik ichish va chekishdan tiyilish tavsiya etiladi.

Ob-havo sharoitiga sezgir bo`lganlarga avtomobil haydashdan voz kechish, stressdan uzoq bo`lish maslahat berilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, magnit bo`ronlari ta`sirida quvvatning pasayishi, psixo-emosional holatning susayishi, bosh og`rig`i va uyqusizlik kuzatiladi. Bunday alomatlar organizmning xususiyati, odamning yoshiga, surunkali kasalliklarning mavjudligiga bog`liq. Keksa odamlar meteorologik qaramlikka ko`proq moyil bo`ladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring