BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 19-iyun kuniga belgilandi

Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisini joriy yil 19-iyun kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. 

Yalpi majlisda, jumladan, quyidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi:

  • «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida»gi;
  • «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi;
  • «Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida»gi;
  • «Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida»gi.

Bundan tashqari, senatorlar tomonidan «Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlar muhokama qilinadi.

Shu bilan birga, Adliya vazirining O‘zbekistonda 2019 yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitilishi nazarda tutilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring