Senat yalpi majlisida senator Energetika vazirligiga odamlarni qiynayotgan tok muammosi haqida savol qo`ydi

Bugun, 18 noyabr kuni Senatning 35 yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Unda davlat dasturining joriy yil to`qqiz oyi yakuni bo`yicha bajarilishi ko`rib chiqildi. 2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022 yil 9 oyi yakuni bo`yicha bajarilishi yuzasidan Hukumatning hisoboti eshitildi.

 

Majlisda senator Mahmud Parpiev Energetika vazirligiga odamlarni qiynayotgan tok muammosi haqida savol qo`ydi. Uning so`zlariga ko`ra, 2022 yilgi davlat dasturidagi energetika sohasida barcha ishtirokchilarga teng imkoniyat berish va narxlarni shakllantirishning shaffof mexanizmlarini joriy etish vazifasi bajarilmagan. 

“Joylarda hududlarda bo`lganimizda ochiq tan olishimiz kerak, sovuq tushishi  bilan energetikada ta`minot etarli emasligi, soatlab tok o`chishlari, gaz etishmovchiligi aholida norozilik tug`diryapti. Gaz quyish shoxobchalarida navbatlar juda uzun. Bunga ko`z yummasligimiz kerak, o`tgan 9 oyda minglab ish o`rni yaratdik, Respublikamizdagi tadbirkorlik sub`ektlarining ishi 90 foiz (holatda) elektr energiyasiga taalluqli. Agar energiya etarli bo`lmasa tadbirkorlar faoliyatiga to`siqlar yuzaga keladi”, – dedi senator.  

Реклама на Unews

U 73 banddagi va 74 banddagi energetika tizimida transformasiya jarayonlarini jadallashtirish vazifasi ham qo`yilganini qo`shimcha qilib, Energetika vazirligi vakilidan yuzaga kelgan holat bo`yicha nimalar qilinayotganini so`radi. 

Energetika vaziri o`rinbosari Sherzod Xo`jaev savolga javoban OTB va Jahon banki ishtirokida 20dan ortiq xorijiy ekspert va nufuzli konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda O`zbekistonning energetika sohasiga oid qonunlari yangi tahrirda ishlab chiqilayotganini aytdi. 

 

“Bular O`zbekiston elektr energetikasi to`g`risidagi qonun va tabiiy gaz to`g`risidagi qonunlardir. Bundan tashqari, prezidentning elektr energiyasi sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichlari to`g`risidagi farmon loyihasi Prezident Administrasiyasiga kiritildi. Ushbu hujjat ham elektr energiyasi va tabiiy gaz sohasida raqobatli bozorni shakllantirish, ushbu bozorga o`tish bosqichlarini belgilash, narxlarni erkin shakllantirish va xususiy investisiyalarni kengroq jalb etish bo`yicha barcha choralarni nazarda tutdi. Raqobatli bozorlarni yaratish borasidagi umumiy konsepsiya doirasida ham energetika bozorini yaratish va tartibga solish me`yorlari ko`rib chiqilmoqda”, – dedi vazir o`rinbosari. 

Реклама на Unews

Shuningdek, u eski texnologiyalarga asoslangan IESlarni foydalanishdan chiqarish va yangilarini ishga tushirish bo`yicha 6ta loyiha amalga oshirilayotganini qo`shimcha qildi. 

Eslatib o`tamiz, sal avval, mazkur masalada matbuot anjumani tashkil etilib, elektr energiyasini 1 soatdan ortiq o`chirgan mas`ullarga chora ko`rilishi haqida ta`kidlandi. Shuningdek, endilikda Toshkentning markaziy ko`chalarida tunggi paytlarda yoritish chiroqlari o`chirilishi ma`lum qilindi

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring