BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Sardoba toshqinida qoldirib ketilgan sigir o’zini o’zi qutqarish uchun tomga chiqib oldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarga "Sardoba" ombori toshqinida qolgan hudadlarda yashovchi aholi tomonidan video lavha joylashtirildi. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Ushbu videoda toshqinda qolib ketgan va o’zini o’zi qutqarib uy tomiga chiqib olgan sigirni ko’rishingiz mumkin.

 Bu video lavhani mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

Toshqin sodir bo‘lgach ekologlar suv ostida qolgan qishloqdagi jonivorlarning taqdiri bilan qiziqishgan edi. Ular mas'ullar odamlarni qutqarishayotganda ularni ham nega olib chiqishmaganligini savol ostiga qo‘yishgandi. FVV, Ekopartiya, Goskomekologiya kabi tegishli idoralarni suv ostida qolgan jonivorlarga yordam berishga chaqirishgandi.

Keyinchalik FVV axborot xizmati tomonidan xabar berilishicha, zararlangan hududlarda nobud bo‘lgan 70 ta uy hayvoni sanitariya qoidalariga muvofiq ko‘milgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Fikr qoldiring