Sardoba fojeasi oqibatida qancha uy buzilgani va uy hayvonlari yo‘qolgani ma’lum qilindi

Sardoba suv ombori fojiasi oqibatlarini bartaraf etish uchun davlat budjetidan jami 1,5 trln so‘m xarajat qilinishi rejalashtirilgan. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan ma’lum qilindideb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Suv toshqinidan Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi 10 ta MFYda (25 ta aholi punktlari) 4 351 ta xonadonlar zarar ko‘rgan. Xonadonlardan 2 570 tasi yaroqsiz va 1 781 tasiga qisman zarar yetgan.

Toshqin oqibatida 31 719 ta uy hayvonlari yo‘qolganligi aniqlangan. Shu jumladan, 13 685 ta yirik va mayda shohli qoramollar, otlar, 17 752 ta parrandalar va 282 ta boshqa hayvonlar. 5 859 ta hayvonlar o‘lik holda topilgan va zararsizlantirilgan.

Реклама на Unews

Tirik holda topilgan 5 160 ta yirik va mayda shohli qoramollar, otlardan 5 143 tasi o‘z egalariga qaytarildi va egasi aniqlanmagan 17 tasi saqlovga olindi.

Jami 7 ta qabriston va 3 ta masjidga zarar yetgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring