Samarqanddagi to`yda 19 kishi zaharlandi

Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Jomboy tumanida yashovchi 19 nafar fuqarolar tibbiyot birlashmalariga to`y bazmida ovqatdan zaharlanganligi yuzasidan murojaat qilishgan.

 

Ma`lum qilinishicha, shulardan 14 nafari sog`ligining holati qoniqarli ekanligi sababli ambulator sharoitda davolanishga yuborilgan. 5 nafari tibbiyot birlashmasida davolanmoqda.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo`yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borayotgani aytiladi xabarda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring