Samarqanddagi qurib bitkazilmagan uyda 20 ta gaz balloni portladi

Samarqand tumanidagi “Radjabamin” mahallasida qurib bitkazilmagan uyda sodir bo`lgan yong`in yuzasidan O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy ma`lumot berdi. Bu ma`lumotni FVVning Axborot xizmati e`lon qildi:

Internet resurslaridagi manbalarning birida “Samarqand viloyati Samarqand tumanida qurilishi tugallanmagan xonadonlarning birida kuchli yong`in kelib chiqdi. Ma`lum bo`lishicha, u erda gaz to`ldirilgan 20 ta maishiy gaz balloni portlagan. Hodisada hech kim jabrlanmagan”ligi  to`g`risida xabar tarqaldi.  

Voqea tafsilotiga to`xtaladigan bo`lsak, 2021 yil 18 yanvar kuni kech soat 20:08 da viloyat FVB navbatchi dispetcherlik xizmatiga Samarqand tumani “Radjabamin” mahallasida hali qurib bitkazilmagan uyida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.

Реклама на Unews

Shunga ko`ra, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 20:23.da etib borgan. Qutqaruvchilarning olib borgan sa`y-harakatlari natijasida yong`in soat 22:16da to`liq bartaraf etilgan.  Yong`in natijasida xonadonning taxminan 50 kv.m maydoni hamda “Damas” rusumidagi engil avtomashinasi zararlangan.  

Shuningdek, yong`inni o`chirish jarayonida qutqaruvchilar tomonidan mazkur xonadonning erto`lasida mavjud yong`indan zarar ko`rgan, taxminan 20 dona maishiy gaz balloni ehtiyotkorlik bilan olib chiqilib, xavfsizligi ta`minlangan.

Ayni vaqtda yong`inning kelib chiqish sabablari va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Реклама на Unews

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring