Samarqanddagi bog`chada bolalar uchun saryog` o`rniga "Spred" mahsulotini etkazgani aniqlangan

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Maktabgacha ta`lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo`jaeva Samarqand viloyatida amalga oshirilgan o`rganishlar natijasi to`g`risida ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, viloyatdagi 58-sonli DMMTda 141 nafar tarbiyalanuvchi to`g`risida ma`lumot taqdim etilgan bo`lsada, amalda 186 nafar tarbiyalanuvchi borligi aniqlandi. OpenEmis tizimida guruh quvvatlari kichik guruh uchun 49 taga, tayyorlov guruhi uchun 45 tagacha oshirilgan.  8 nafar tarbiyalanuvchi tashkilotdan ketgan bo`lishiga qaramasdan OpenEmis tizimidagi tarbiyalanuvchilar ro`yxatidan o`chirilmagan. Bu o`z navbatida bo`sh o`rinlarning shakllantirilmasligiga hamda guruhlarga noqonuniy bolalar qabul qilinishiga zamin yaratgan.

7-MTTda OpenEMIS tizimida 14 ta guruhda 348 nafar bola bo`lib, haqiqatda 12 ta guruhda 275 nafar bolani tashkil etmoqda, ularning 29 tasida yo`llanmalar mavjud emas. Bundan tashqari, ta`minotchi tomonidan MTTga sariyog` o`rniga “Spred” (sut yog`i o`rnini bosuvchi modda) mahsuloti olib kelinganligi aniqlanib, ishchi guruh tomonidan tabiiy sariyoqqa almashtirildi.

Реклама на Unews

31-MTTda ishchi guruh o`rganishlar bilan ovora bo`lgan bir paytda oshpaz pishib turgan ovqatga xom tovuq go`shti solib yuborgangiga guvoh bo`lindi, ya`ni me`yor talabidagi go`sht ma`suloti pishgan ovqatga xomligicha solindi.

38-MTT binosida qulflangan xona borligi, unda 20 ta bolalar krovati va 10 nafar bola borligi aniqlandi. OpenEMIS tizimida 14 ta guruhda 348 nafar bola bo`lib, haqiqatda 12 ta guruhda 275 nafar bolani tashkil etmoqda, ularning 29 tasida yo`llanmalar mavjud emas.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring