Samarqandda "yarim belidan chopib ketilayotgan" daraxtlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, yaqinda ijtimoiy tarmoqlar orqali “Samarqand shahrining ayrim hududlarida ekilgan daraxtlarga qo`pol munosabatda bo`lib, daraxtlarni yarim belidan sindirib ketilayotganligi" haqida tarqalgan xabarga asosan, Samarqand shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo`limi davlat inspektorlari tomonidan mazkur holat atroflicha o`rganilgan.

 

Ma`lumotlarga ko`ra, ushbu tasvirda ko`rsatib o`tilgan hudud Samarqand shahri "Xazora" mahallasi hududi bo`lib, mahalliy aholining loqaydligi va mahalla mas`ullarining e`tiborsizligi sabab ushbu holat yuz berganligi ma`lum bo`ldi. Shu bois ayni paytda holat qonunda belgilangan tartibda o`rganilib, mas`ullarga qonun talablari doirasida choralar ko`rilganligini ma`lum qilamiz, deyiladi xabarda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring