Samarqandda rafiqasini tahqirlagan erkakka sud hukmi o‘qildi

Samarqandda rafiqasini tahqirlagan erkak ishi bo‘yicha sud yakunlandi. Sudlanuvchi Karimov Sh. uzil kesil 6 yil ozodlikdan mahrum qilindi deya xabar bermoqda sud majlisida kuzatuvchi sifatida qatnashgan Respublika «Istiqbolli avlod» ijtimoiy-axborot Markazi Samarqand viloyat bo‘limi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103 (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish), 105 (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) moddalari bilan aybdor deb topilib, uzil kesil 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni maxsus koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring