Samarqandda birinchi ovozli svetofor o`rnatildi

Samarqand shahridagi Sadriddin Ayniy ko`chasida ilk bor "ovozli svetofor" o`rnatildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.  Qayd etilishicha, ushbu svetafor ko`zi ojiz piyodalar uchun qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

"Respublika Ichki ishlar vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi mamlakatimizdagi ko`zi ojiz va ko`rish qobiliyati zaif bo`lgan bolalar maktab-internatlariga yaqindan yordam berish maqsadida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqqan", – deydi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari J.Sagdullaev.

Ma`lum qilinishicha, viloyat IIB yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o`rnatilgan “ovozli svetofor” piyodalarga har bir chiroq yongani va harakatlanish mumkin yoki mumkin emasligi haqida ovozli xabar berib ogohlantiradi.

Реклама на Unews

"Maktabimiz oldidagi katta yo`ldan o`tish biz uchun ko`p noqulaylik tug`dirardi, qo`rqardik" – deydi maktab-internat o`qituvchisi Zokir Mahamatov.

"Chunki shu paytgacha avtomashinalarning ovozini eshitgan holda, ularning yaqin yoki uzoqdaligini chamalab yo`lni kesib o`tardik. Bu svetofor biz va o`quvchilarimiz uchun katta qulaylik bo`ldi",-deydi o`quvchi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring