Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 15 nafar bemor sog‘aydi

SHu soatlarda poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko’p tarmoqli klinikasida yana 59 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Samarqand viloyatida esa 15 nafar, jami 79 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi,  deb yozmoqda "zarnews.uz" nashri.

❗️Toshkent tibbiyot akademiyasining ko’p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 43 nafari erkak, 16 nafari ayol bo’lib, yoshi kattasi 64 yoshda, kichigi esa 2019 yil tug‘ilgan. Khududlar kesimida oladigan bo’lsak, Toshkent shahridan 15 nafar, Namangan viloyatidan 10 nafar, Toshkent viloyatidan 9 nafar, Samarqand viloyatidan 5 nafar, Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridan 4 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatidan 3 nafardan, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Tojikiston Respublikasidan 2 nafardan.

❗️Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo’lib, yoshi kattasi 37 yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda. Khududlar kesimida oladigan bo’lsak, Toshkent shahridan 3 nafar, Farg‘ona viloyatidan 2 nafar.

❗️Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1854 nafarga yetdi.

❗️Samarqand viloyatida tuzalganlar barchasi ushbu viloyatdan (Samarqand shahri va Payariq tumanidan 4 nafardan, Toyloq va Samarqand tumanlaridan 2 nafardan, Ishtixon, Urgut va Pasdarg‘om tumanlaridan 1 nafardan). Ularning 9 nafari erkak, 6 nafari ayol bo’lib, yoshi kattasi 58 yoshda, kichigi esa 5 yoshda.
Endilikda viloyatda tuzalganlar 351 nafarga yetdi.

‼️Hozirda mamlakatimiz bo’ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 3837 nafarni tashkil etmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring