Saida Mirziyoeva jurnalist va blogerlarga fuqarolik nazoratining peshqadamlari, deya ta`rif berdi

Avval xabar berganimizdek, Mass-mediani rivojlantirish jamg`armasi EXHTning O`zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan birgalikda Xalqaro axborotdan erkin  umumfoydalanish kuni munosabati bilan onlayn konferensiya o`tkazmoqda.

Anjumanda ishtirok etgan Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi o`rinbosari Saida Mirziyoeva COVID-19 pandemiyasi davrida butun dunyoda ommaviy axborot vositalari va aholi axborotdan erkin foydalanish va uni tarqatish bilan bog`liq muammolarga duch kelganligini ta`kidlagan. 

U O`zbekistonda so`nggi yillarda jurnalist va blogerlari, ommaviy axborot vositalariga nisbatan e`tibor haqida gapirib, davlat tashkilotlari Matbuot xizmatlari yangidan shakllantirilganiga urg`u berdi.

“O`zbekiston tarafidan axborotdan erkin foydalanishni yaxshilash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlaridan biri – davlat organlari matbuot kotiblari maqomining qonunchilik darajasida oshirilishidir. Barcha davlat tuzilmalari va hokimiyatlardagi 600 dan ortiq matbuot xizmatlarini o`z ichiga olgan tizimning yaratilishi, davlat organlarining xalq oldida ochiqligini ta`minlash imkonini berdi. Uning samaradorligi pandemiya davrida, aholini tezkor xabardor qilish hayotiy zarur ahamiyatga ega bo`lganda, o`z tasdig`ini topdi”, deydi Mirziyoeva.

Реклама на Unews

Uning qayd etishicha, O`zbekistonda COVID-19 tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni yorituvchi aloqa tizimi yaratilgan. Ushbu tizimning yaratilishi ommaviy axborot vositalari hamjamiyati va Fondning birgalikdagi tashabbusi bo`lib, unda umumiy falokat oldida pandemiyaga qarshi kurashda aholiga ko`maklashuvchi muhim axborotlardan erkin umumfoydalanishni tashkil qilish maqsadida davlat idoralari bilan birlashgan jurnalistlar va blogerlarning fuqarolik pozisiyasi yuzaga kelgan. 

“Biz davlat organlari uchun savol va tavsiyalarni tayyorlab beruvchi ko`ngilli jurnalistlar va blogerlarning onlayn guruhini yaratdik. O`z navbatida, COVID-19 infeksiyasining tarqalishi tufayli yuzaga kelgan vaziyatni davlat tomonidan tartibga solish jarayonida samimiy ishtirok etgan barcha ommaviy axborot vositalari va blogerlardan minnatdormiz. Ular ushbu jarayonning ajralmas qismi, fuqarolik nazoratining peshqadamlariga aylandi. Bu qat`iy va hayotiy ahamiyatga ega fursat edi!”, deydi Mirziyoeva. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring