Sadir Japarovning O‘zbekistonga ikki kunlik tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 11-12 mart kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ldi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

11 mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklikka asoslangan munosabatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida ko‘p qirrali O‘zbekiston – Qirg‘iziston sherikligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan 22 ta hujjat imzolandi.

Реклама на Unews

Bugun, 12 mart kuni Sadir Japarovning mamlakatimizga tashrifi yakuniga yetdi. Oliy martabali mehmonni Bosh vazir Abdulla Aripov kuzatib qo‘ydi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring