Rustam To‘laganov prof boksdagi 4-jangida g‘alaba qozondi

Rio—2016 Olimpiadasi bronza medali sovrindori, 79,3 kg vazn toifasi vakili Rustam To‘laganov (4-0, 1 KO) prof boksdagi to‘rtinchi jangini Beybi Berrokalga (17-8, 16 KO) qarshi olib bordi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

8 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etib, yakunda hakamlar Rustamning g‘alabasini qayd qildi. Jang davomida o‘zbekistonlik bokschi aniq zarbalar borasida ustunlikka erishdi va kolumbiyalik raqibidan faolroq bo‘ldi.

Shu tariqa To‘laganov professional boksdagi to‘rtinchi g‘alabasini tantana qildi. So‘nggi bor u 2020 yilning fevralida Norbert Dabrovskini mag‘lub etgandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring