Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi O‘zbekistonga olib kelindi

Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov 4 dekabr kuni Toshkentga koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi namunalarini shaxsan yetkazib berdi. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozmoqda "teznews.uz" nashri.

Vaksinalarni O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xolmamat Norboyev qabul qilgan.

Ta’kidlanishicha, namunalar O‘zbekiston hududida vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish va sanoat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan sinovlar uchun O‘zbekistonga yetkazilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasi sinovlari qachon boshlanishi ma’lum qilingandi. Qayd etilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19’ga qarshi vaksinaning klinik sinovlarini 2020 yil oxiri–2021 yil boshida o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, Rossiya O‘zbekistonga 35 million doza koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berishi ma’lum qilingan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston tegishli organlari tasdig‘i olinganidan so‘ng 2020 yilda respublikaga 10 million doza, 2021 yilda esa 25 million doza vaksina yuborilishi mumkin.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring